AsosiyJamiyat

MIB: "5 nafar notarial idora xodimlari o`z lavozimlariga tiklangan"

'MIB: "5 nafar notarial idora xodimlari o`z lavozimlariga tiklangan"'ning rasmi

Joriy yilning 24 noyabr Kun.uz sayti orqali Farg`ona viloyat Adliya boshqarmasiga qarashli Farg`ona shahridagi 6, 7 va 13-son davlat notarial idoralar xodimlari sud qaroriga muvofiq ishga tiklangani xabar qilingan edi.

Xabarda Farg`ona shahar majburiy ijro byurosi tomonidan sud qarorlarini ijro qilish bo`yicha tegishli chora-tadbirlar ko`rilgan bo`lishiga qaramay, hal qiluvning darhol ijro etilishi lozim bo`lgan qismi 22 noyabr holatiga viloyat adliya boshqarmasi boshlig`i tomonidan bajarilmaganligi aytilgandi.

O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi matbuot xizmatining darakchi.uz ma`lum qilishicha, sud qarorlarining xodimlarni ishga tiklash va haq undirishga oid qismi ijrosi ta`minlanib, Farg`ona viloyati Adliya boshqarmasi boshlig`i B.Xasanovning 2019 yil 22 noyabrdagi tegishli buyruqlari bilan 5 nafar notarial idora xodimlari o`z lavozimlariga tiklangan. Shuningdek ishga tiklash to`g`risidagi buyruqda xodimlarga sudning hal qiluv qaroriga muvofiq belgilangan to`lovlarni to`lab berish ham nazarda tutilganligi aytiladi.

Eslatib o`tamiz, Farg`ona viloyat Adliya boshqarmasi boshlig`ining 2019 yil 27 avgustdagi 209-sht-sonli buyrug`iga asosan ishdan bo`shatilib, sud orqali ishga tiklangan xodimlar foydasiga majburiy progulda yurgan kunlari uchun jami 107 million so`mdan ortiq miqdorda ish haqi undirish belgilangan edi.

    Boshqa yangiliklar