AsosiyJamiyat

Prokuratura bir necha yildan buyon echimini topmayotgan muammolarga e`tibor qaratdi

'Prokuratura bir necha yildan buyon echimini topmayotgan muammolarga e`tibor qaratdi'ning rasmi

Prokuratura organlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini takomillashtirish, sayyor qabullar o`tkazilib, fuqarolar bilan ochiq muloqotni kengaytirish, ularning muammolarini hal etishga qaratilgan qator ishlar amalga oshirilmoqda.

O`tkazilayotgan qabullarda fuqarolarning bir necha yillardan buyon o`zining echimini topmayotgan muammo va takliflarini joyida hal etishga alohida e`tibor qaratilmoqda.

Shunga ko`ra, joriy yilning 27 noyabrda Bosh prokuror N.Yo`ldoshev tomonidan Toshkent viloyatida sayyor qabul o`tkazilib, jami 33 nafar jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari qabul qilindi.

Murojaatlarning 10 tasi sud masalalari, 12 tasi prokuratura va 3 tasi ichki ishlar organlari faoliyatlariga hamda 8 tasi boshqa masalalarga oid.

Shulardan 5 tasi joyida hal etilib, qanoatlantirildi.

Shuningdek, Piskent tumani, Do`stlik mahalla fuqarolar yig`ini aholisining turmush sharoiti o`rganilib, fuqarolarning suyultirilgan gaz, elektr energiyasi, ichki ko`chalar ta`mirlanishi bilan bog`lik murojaatlari joyida hal etildi.

Xususan, Do`stlik mahalla fuqarolar yig`inidagi kam ta`minlangan oila vakillari holidan xabar olindi.

Shu bilan bir qatorda O`rtachirchiq tumani, Yuqoriovul mahalla fuqarolar yigini, Yangiko`prik ko`chasining 1.200 metr ichki yo`llariga shag`al yotqizib berilishi ta`minlandi.

Bundan tashqari, qabulda olingan murojaatlarning qonuniy hal etilishi Bosh prokuratura tomonidan nazoratga olingan

    Boshqa yangiliklar