AsosiyJamiyat

Ohangaron Pensiya jamg`armasi bo`limi boshlig`i pora bilan ushlandi

'Ohangaron Pensiya jamg`armasi bo`limi boshlig`i pora bilan ushlandi'ning rasmi

Ohangaron shahar pensiya jamg`armasi bo`limi boshlig`i pora bilan qo`lga tushdi. Bu haqda darakchi.uz'ga Bosh prokuratura Matbuot xizmati ma`lum qildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent viloyat boshqarmasi, Ohangaron shahar prokuraturasi va IIB xodimlari tomonidan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, Ohangaron shahar pensiya jamg`armasi bo`limi boshlig`i S.A. pora olayotgani aniqlandi.

U fuqaro M.D.ning nafaqa hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga undan 1,0 mln. so`m pullarni pora tariqasida talab qilib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan S.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar