AsosiyJamiyat

3 kg zargarlik buyumlarini idishlarga yashirgan shaxs

'3 kg zargarlik buyumlarini idishlarga yashirgan shaxs'ning rasmi

Yurtimizga zargarlik buyumlarini turli yo`llar bilan olib kirishga bo`lgan urinishlar o`z vaqtida bojxonachilar tomonidan bartaraf etilmoqda, bu O`zbekiston davlat bojxona qo`mitasi "Darakchi"ga xabar berdi.

Ulardan biri Toshkent xalqaro aeroportiga xorijdan uchib kelgan fuqaro K.N. Uning xatti-harakatlari bojxonachilar e`tiborini tortdi va ushbu shaxs belgilangan tartibda bojxona ko`rigidan o`tkazildi. Ushbu shaxs bojxonachilarni chalg`itish maqsadida 3 kilogramm zargarlik buyumlarini idishlar to`plami orasiga yashirib olib kelayotgani fosh bo`ldi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar