Internet tarmog`i orqali pirotexnika vositalarini pullamoqchi bo`lgan shaxs qo`lga olindi. Bu haqda darakchi.uz’ga Davlat Bojxona qo`mitasi ma`lum qildi.
Keltirilishicha, Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo`limi, “Amuzang” temir yo`l chegara bojxona posti xodimlari xamda Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda Angor tumanida tezkor tadbir o`tkazishdi.
Tadbir natijasida, fuqaro O`.F. 3465 dona pirotexnika vositalarini internet tarmog`i orqali sotmoqchi bo`lib, belgilangan manzilga kelganida tadbir ishtirokchilari tomonidan qo`lga olindi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.






