“Ayrildim” qo`shig`i bilan tillarga tushgan uzoq vaqt xit-paradlarda birinchilikni qo`ldan boy bermagan Bahrom Nazarovga sport va san`at vakillaridan savol yig`ar ekanman hayolimdan “san`atkor bu savollarni eshitib ancha-muncha asab hujayralaridan ayrilar ekanda” degan fikr o`tdi. Nima bo`lganda ham u loyihamizda qatnashishga rozilik bildirdi, ko`raylikchi javoblar qanaqa bo`larkan…
Rishod Sobirov, Olimpiada o`yinlarining ikki karra bronza medali sohibi:
— Karate sport turida oq, qizil, qora, yashil, ko`k, sariq belbog`lar mavjud va ular ma`lum bir darajani bildiradi siz san`atkorlar orasida qaysi belbog`daman deb o`ylaysiz, o`zi umuman belbog`ingiz bormikan?
Bahrom Nazarov, xonanda:
San`at osmonida porlash uchun bir sportchidan kam harakat qilinmaydi. Men ham uzun yo`lning boshida turibman: bu yo`lda qilishim kerak bo`lgan ish oldida qilganlarim dengizdan tomchidek gap, belbog`ni xalqim bog`laydi menimcha hali belbog`ga erishganim yo`q.
Intervyuni to`liq xolda "Darakchi" gazetasining 4-sonida o`qishingiz mumkin.
Obuna indeksi: 424





