AsosiyShou-biznes

Ulug`bek Rahmatullaevning yangi ijod mahsuli yilning eng shov-shuvli klipi bo`lishi mumkin

Tinib-tinchimas va haqiqiy ma`noda sermazmun ijod qilayotgan, har bir yaratgan qo`shig`i xit paradlarning yuqori o`rinlarini zabt eta olayotgan, “E`tirof 2014” yilning eng yaxshi erkak xonandasi nominasiyasi g`olibi, serqirra ijodkor Ulug`bek Rahmatullaev ayni damda “Yoshlik qaytmaydi” qo`shig`i uchun rejissyor va klipmeykerlar Hasan hamda Husan Atabaevlar tomonidan videoklip suratga oldirmoqda.

Yilning eng shov-shuvli klipi bo`lishi kutilayotgan mazkur ijod mahsulining ssenariy muallifi Jamshid Hojiniyozov. Klipda haqiqiy hayotiy voqealar aks ettirilib uni tomosha qilgan inson  tanlagan hayot yo`lida bir zumga to`htab, bosgan har bir qadami haqida o`ylanib olishiga asos bo`ladi. Hattoki klipda bosh qahramon rolida namoyon bo`layotgan, halqimizning eng sevimli aktyorlaridan biri Ubaydulla Omon uchun ham mazkur obraz ijod yo`lidagi eng qiziqarli va qalbiga yaqin bo`lganligini ta`kidlab o`tdi.

manba: popcorn.uz

    Boshqa yangiliklar