AsosiyJamiyat

XTV: Maktablarda turniketlar bahonasida noqonuniy pul yig`ilishiga yo`l qo`yilmaydi

'XTV: Maktablarda turniketlar bahonasida noqonuniy pul yig`ilishiga yo`l qo`yilmaydi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligiga umumta`lim maktablarida ota-onalardan pul yig`ib, turli xildagi turniketlar o`rnatilishi va ularning talab asosida faoliyat yuritmayotgani bo`yicha murojaatlar kelmoqda, deb yozadi Vazirlik matbuot xizmati.

Vazirlikning ma`lum qilishicha, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida 2019 yil 23 avgustda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va jamiyatda o`qituvchi mavqeini oshirish masalalariga bag`ishlab o`tkazilgan videoselektor majlisi bayonining 15-bandi bilan Xalq ta`limi vazirligiga ijtimoiy hamda mobil operator tarmoqlari orqali ota-onalarning o`z farzandi tarbiyasidagi mas`uliyatini oshirishga qaratilgan ijtimoiy xabarlarni yuborish tizimini joriy etish, shuningdek, tajriba-sinov tariqasida Toshkent shahridagi umumta`lim muassasalarida o`quvchilar davomatini nazorat qilishning elektron axborot tizimini yaratish vazifalari yuklatilgan.

Ushbu yo`nalishda xususiy sektor investisiyalari jalb qilinib, elektron axborot tizimi tajriba-sinovdan o`tkazilmoqda. 

Tajriba-sinovlar yakuniga qadar umumta`lim muassasalarida noqonuniy ravishda turniketlar va kuzatuv kameralari o`rnatish niqobi ostida ota-onalardan pul yig`ish to`xtatilishi lozim.

    Boshqa yangiliklar