AsosiyShou-biznes

Antonio Banderas birinchi marta ajrashishi haqida so`zlab berdi

Antonio Banderas va Melani Griffitlarning o`tgan yili iyun oyida ajrashib ketishi ularning muxlislarining hayajoniga sabab bo`lgandi, deya yozmoqda vokrug.tv nashri.

Nima uchun? Nima bo`ldi? Akterlar bu kabi savollarga javob qaytarishmadi, faqatgina bir narsani takrorlashdi: hammasi kelishilgan tarzda, shovqin-suronsiz va qizishishlarsiz sodir bo`ldi.

Oradan vaqt o`tdi. Antonio o`zining yangi muhabbatini topgan bo`lsa, Melani bo`lsa, uni sodiq Penelopa kabi uyda kutardi. Va nihoyat Toni tinchlikni buzdi va ajrashishlariga izoh berdi. Uning so`zlariga ko`ra, bu yil ularning ikkovi uchun ham og`ir kechgan. Va akter haligacha sobiq turmush o`rtog`ini hurmat qiladi va uning iste`dodini qadrlaydi. Bundan tashqari u Banderasning qalbidan alohida joy egallagan, deb yozadi Hello Magazine.

Aytgancha, akter hozir Nikol Kempel bilan uchrashmoqda. Bu qiz Golland banklarining birida rahbarlik lavozimida ishlaydi.

    Boshqa yangiliklar