Cohirovoz xonanda O`lmas Olloberganov o`zining yangi taronasini muxlislariga tuhfa etganiga ko`p vaqt bo`lmadi. Xonanda bergan ma`lumotga ko`ra “Onam” nomli dardli tarona uchun rejissyor Shuhrat Mavlonov tomonidan videoklip tasvirga olish ishlari boshlab yuborilgan, deb yozadi popcorn.uz.
Qo`shiq ma`nosidan kelib chiqqan holda syujet janrida yaratilayotgan mazkur klipda bosh rolni taniqli aktrisa Gulchehra Jamilova ijro etmoqda. Videoklip suratga olish jarayonida Shoira Tadjixanova rahbarligidagi “Xumo” skripkachilar orkestr jamoasi ham ishtrok etishgan.
Qo`shiq mualliflariga to`xtaladigan bo`lsak, taronaning matni Nodir Azimov qalamiga mansub bo`lib, musiqasi xonandaning doimiy hamkori Iqbol Muhammadjonovga tegishli. Aranjirovkasini esa Jasur Badalboev amalga oshirgan.





