“O`zgidromet”ning xabar berishicha, 20 yanvar, seshanba kuni O`zbekiston bo`ylab havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qor va yomg`ir yog`ish ehtimoli bor.
21 yanvar, chorshanba kuni havo sovuq bo`lishiga qaramay, qor yog`ishi kutilmayapti.
Biroq 22 yanvar, payshanba kuni kechasi havo harorati -3-8 daraja sovuq bo`lib, qor yog`ishi mumkin. Bu havo harorati hafta so`ngiga qadar saqlanib turadi.
O`zbekistonning shimoliy hududlari – Qoraqalpog`iston Respublika va Xorazm viloyatida harorat -15 darajagacha sovishi mumkin.
manba: kun.uz





