Shoxruhon haqidagi turli hil mish-mishlar Instagram ijtimoiy tarmoqlariga, ko`pgina portal va saytlarga tarqagani, albatta, ko`pchilikning e`tiborini tortgan bo`lsa ajabmas. Vanihoyat Shoxruhxon Asal Shodieva bilan unashtirldi... Tez orada ya`ni fevral oyining oxirlariga to`y ham belgilandi, deya xabar qiladi popcorn.uz.
Xullas, hali hech qanday aniq dalil bo`lmasa-da, ayni kunda barchaning diqqat e`tiborida bo`lgan bu juftlikni o`zlari habarsiz qolgan holda unashtiruv va to`y kunlari kimlar tomonidandir belgilab bo`lindi.
Xonandaning ish yurituvchisi Izzatila bu haqida “Ayni damda diqqat e`tiborimiz faqatgina yaqinlashib kelayotgan konsert dasturida. Tuni bilan uxlamay faqat ijod qilish bilan bandmiz” deya ma`lum qildi.
Shoxruhxonning o`zi esa tarqalgan mish-mishlarni inkor etmoqda. Xonanda hozircha hech narsani ayon qilayotgani yo`q.





