AsosiyJamiyat

Nogironlikni belgilash uchun pora olgan komissiya raisi besh yilga qamaldi

Samarqand viloyati Payariq tumani tibbiy mehnat ekspertizasi raisi Tolibjon Jo`raev poraxo`rligi uchun 5 yilga ozodlikdan mahrum etildi, deya xabar qiladi 12news.uz

O`zbekiston Bosh prokuraturasiga qarashli “Huquq” gazetasining bildirishicha, Jo`raev og`ir kasallikdan keyin birinchi guruh nogironi bo`lib qolgan fuqaroning yaqinlaridan nogironlik muddatini uzaytirish evaziga 800 ming so`m pora talab qilgan. Nogironning qo`li kalta yaqinlari bu haqda huquq idorasiga xabar bergan.

Xabar berilishicha, tuman tibbiy mehnat ekspertizasi raisi Jo`raev aytilgan porani olayotganda ashyoviy dalil bilan hibs etilgan.

    Boshqa yangiliklar