Joriy yilning birinchi yarmidan boshlab qizil chiroq yonganda taqiqlovchi chiziqni kesib o`tgan, xavfsizlik kamarini taqmagan va piyodalarga yo`l bermagan haydovchilarga jarima to`lashlari haqidagi xabar pochta orqali yuboriladi, deb yozmoqda uz24.uz.
Ushbu qoida buzilish holatlari harakatlarini suratga oladigan, 24 soat davomida sinxron tarzda ishlovchi svetofor va videokameralardan iborat 160 ta avtomatik yo`l majmualari tomonidan kuzatiladi.
Kuzatuv kameralari avtomobilning tezligi, davlat raqami va qizil chiroqqa o`tib ketgan joyini aniqlaydi. Kamera ma`lumotlari butun shahar bo`ylab transport harakatini tartibga soluvchi boshqaruv markaziga yo`naltiradi.





