AsosiyJamiyat

Oliy Majlis Senati a`zolarining ro`yxati e`lon qilindi

O`zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi O`zbekiston Oliy Majlisining Senati a`zolarini ro`yxatga olish to`g`risida qaror qabul qildi.

Qarorga ko`ra, 2015 yil 13-14 yanvar kunlari O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga o`tkazilgan saylov yakunlari to`g`risidagi davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining tegishli qo`shma majlislari bayonnomalariga asosan O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a`zolari ro`yxatga olindi.

Ta`kidlab o`tamiz, yashirin ovoz berish natijasida Senat a`zolari Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan teng miqdorda – 6 kishidan – Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi, viloyatlar, tuman va shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlari orasidan saylandi.

Senat a`zolarining to`liq ro`yxati bilan quyidagi manzil orqali tanishishingiz mumkin.

    Boshqa yangiliklar