AsosiyDunyo

Xitoydagi restoranlardan biri eng chiroyli mijozlarini bepul ovqatlantirdi

Xitoyning Chjenchjou shahridagi «Cheju oroli» restoranida mijoz ovqat uchun haqni o`z “chiroyi” bilan to`laydigan yangi reklama tajribasi ishga tushirildi, deb axborot berdi kun.uz “Sinxua” agentligiga asoslanib.

Restoranga kiraverishda mijozlarni ular stolga borib o`tirishguncha “qiyofalarini” suratga oluvchi skanerlovchi qurilma o`rnatildi. Restoran bilan hamkorlik qiladigan plastik jarroh-mutaxassislar guruhi olingan suratlarga baho berishgan.

Har kuni restoranga kiruvchi mijozlardan go`zallik standartlariga javob beruvchi 50 nafari bepul ovqatlanish imkoniyatiga ega bo`lgan. Mutaxassislar ularning burunlari, lablari va yuzlarining boshqa jihatlariga baho berganlar. Bunda peshonasi biroz chiqib turadigan mijozlar ko`proq ustunlikka ega bo`lgan.

Chjenchjou mahalliy hokimiyat vakillari restoranning bu g`oyasiga hech ham ajablanmadilar hamda bu tadbirni hokimiyat idorlari bilan kelishilmagan deb hisoblab, “Cheju oroli”ning chiroyli odamlarga bepul ovqat taqdim qilishga va`da beruvchi reklama bannerini olib tashlashglariga majbur qildilar”.

Internetdagi ba`zi foydalanuvchilar bu g`oyaga moyillik bildirmadilar va uni “sharmandali” deb atadilar.

2014 yilda Barselona shahridagi, xuddi Chjenchjoudagi kabi, mijozlarning yuzlarini skanerlovchi hajviy klub OAVlarning e`tiborini o`ziga tortgan edi. Xitoy restoranidan farqli, Barselonadagi klubning egalari mijozlarga baho berishni texnik vositalarga topshirib qo`ygan edilar: maxsus algoritm biror mijoz klubdagi chiqish paytida kulyaptimi-yo`qmi mustaqil baholab, so`ngra mijoz qanchalik zavqlanganiga ko`ra u bilan hisob-kitobni amalga oshirgan.

    Boshqa yangiliklar