Dam olish uchun ulardan ham taajjubliroq va kutilmagan joyni topishingiz qiyin.
1. Hotel Costa Verde 727 Fuselage (Kosta-Rika)

Kosta-Rika changalzorlarida Boing-727 samolyoti korpusida qolib ketishni orzu ham qilmagan bo`lsangiz kerak. Bu erda lenives (Janubiy Amerikada: daraxtlarda o`rmalab, barglar bilan ovqatlanadigan, erda yurishga yaxshi moslashmagan sutemizuvchi hayvon) va maymunlar bilan yaqindan do`stlashib olish mumkin.
2. Hotel Au Vieux Panier (Fransiya)

Bu mehmonxonadagi har bir xona san`at asari sifatida ishlab chiqilgan va dizayn har yili o`zgartiriladi. Suratdagi “Qo`rquv xonasi”dir.
3. The Manta Resort (Pemba oroli, Tanzaniya)


Agar siz qachondir suv ostida yashashni orzu qilgan bo`lsangiz, Tanzaniyaning yovvoyi va go`zal oroli xayollaringizni haqiqatga aylantiradi.
4. Air Hotel (Belgiya)

Qayta ishlangan shox-shabbalardan qurilgan bu mehmonxona daraxtdagi hayotni va`da qiladi.
5. Hotel Kakslauttanen (Finlyandiya)

Oynali tom ostida turib shimol yog`dusini tomosha qilish mumkin.
6. Steve's Backyard (Napa, Kaliforniya)

AirBnb xizmati uncha qimmat emas. Bu erda qolishni istovchi ijarachi bir kechaga 40 dollar to`lasa kifoya.
7. Kolarbyn EcoLodge (Shvesiya)

Bu erda siz tabiat bilan bog`lanasiz, atrof-muhit bilan uyg`unlashib ketasiz.
8. Attrap Reves (Fransiya)

Toza havoda hordiq chiqarish. Shakl shunday, biroq mazmunda buning aksi.
9. Hostel Celica (Lyublyana, Sloveniya)

Sloveniyadagi xostel Celica g`alati joy. Uning loyihachilari sobiq qamoqxonani dunyodagi birinchi raqamli xostelga aylantirishmoqchi.
10. The Mirrorcube TreeHotel (Xarads, Shvesiya)

Agar siz e`tiborsiz bo`lsangiz, bu mehmonxonani payqamay qolishingiz aniq. Bu o`ziga xos imorat kub shaklidagi oynadan qurilgan.
11. Casa Caracol (Isla-Muxeres, Meksika)

Gigant chig`anoq ichida hordiq olish yoqimlidir. Bu erda bonus sifatida bepul wi-fi hududi xizmat ko`rsatadi.
12. Propeller Island City Lodge (Germaniya)

Mehmonxona yashash joyidan ko`ra san`at namunasiga o`xshaydi. Bu erda zavq, sarosima va qo`rquv uyg`otuvchi xonalar bor.
13. Das Park Hotel (Avstriya)

Sement truba ichida uxlash extimol sizning orzuingiz emasdir. Biroq bu erda ham olam-olam taassurot olish mumkin.
14. La Balade des Gnomes (Durbay, Belgiya)

Me`mor Dominik Noel turli hikoya va ertaklar asosida dunyodagi eng noodatiy joyni yaratdi. Bu erda Troya urushlarida xiyla sifatida yasalgan yog`och otdan tortib, kosmik shakllargacha topa olasiz.
15. Dog Bark Park Inn (Kottonvud, Aydaxo)

Katta kuchuk ichida uxlash va ovqatlanish taklif etilmoqda. Bu erda sizga nima yoqmasligi mumkin?
manba: xabardor.uz





