AsosiyJamiyat

Qoraqalpog`istonda devoriy tasvirlarni izohlab beruvchi qadimiy matn topildi

Arxeologlar qadimiy shahar Qozoqli-yatganni qazish ishlari chog`ida topilgan devoriy tasvirlar mazmunini tushuntirib beruvchi yozuvlarni aniqladi, deb yozadi daryo.uz Uzbekistan Today axborot agentligi xabariga asoslangan holda.

Qoraqalpog`istonning Beruniy tumanidagi ushbu arxeologik yodgorlik 2004 yilda Qoraqalpog`iston-Avstraliya tarixshunoslari tomonidan tadqiq etila boshladi. Ilk dala mavsumidayoq u erdan devoriy suratlar topilgan edi.

Tasvirlar orasida boshiga toj kiygan kishilar bor. Ushbu portretlarda kimlar tasvirlangani shu paytgacha faqat faraz etilgan bo`lsa, yaqinda topilgan qadimiy Xorazm tilidagi yozuvlar buni aniq tushuntirib berishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar