AsosiyJamiyat

Samarqandlik 1 yoshli bola yong`in sabab halok bo`ldi

O`tgan hafta mobaynida respublikamiz hududida turli sabablarga ko`ra sodir bo`lgan 210 ta yong`inlarda 8 nafar fuqarolar tan jarohati olgan va 5 nafar fuqaro xalok bo`lgan. Ushbu yong`inlarda 576 mln. 697 ming so`mdan ortiq qurilish materiallari va 420 mln. 475 ming so`mga yaqin moddiy boyliklar yong`indan saqlab qolingan, deya xabar qiladi uzreport.uz.

Samarqand shahrida yashovchi fuqaro B.Romanov uyida mast holda sigareta chekib, uxlab qolishi natijasida 4 kv. metr maydonda uy jihozlari yonib zararlangan. Yong`in natijasida kuyish tan jarohati olgan uy egasi o`t o`chiruvchilar tomonidan qutqarilib, shifoxonaga yuborilgan. Shifoxonada tez tibbiy yordam ko`rsatilishiga qaramay vafot etgan.

Farg`ona viloyati Yozyovon tumanida yashovchi X.Sodiqovning uyida xonaga o`rnatilgan qo`lbola elektr isitish pechini yoqib, nazoratsiz qoldirilishi oqibatida yong`in sodir bo`lib, uyning 15 kv. metr maydonda pol qismi va ko`rpa-to`shaklari yonib zararlangan. Yong`in o`chirish vaqtida uy egasining 1 yoshli nabirasining kuygan holdagi jasadi topilgan.

Toshkent shahar Shayxontoxur tumanida yashovchi Z.Ikromovning uyida elektr simlarining qisqa tutashuvi natijasida yong`in sodir bo`ldi. Natijada uyning 100 kv. metr maydonda tomi, shift qismi va uy jihozlari hamda qo`shnisining uyini 50 kv. metr maydonda tom qismlari yonib, zararlangan.

    Boshqa yangiliklar