Ugandalik 56 yoshli Mubalak Batambuze o`tgan yilning noyabr oyida homilador xotinini eb qo`ygan timsohni kuzatib yurdi va qulay vaqtda uni o`ldirib, xotini uchun qasos oldi. Bu haqda Times Lives nashriga tayangan holda kun.uz xabar bermoqda.
U bu ishni nayza orqali amalga oshirgani aytilmoqda. Xabarda yozilishicha, o`ldirilgan timsohning ichidan Batambuzening marhum rafiqasiga tegishli bo`lgan kiyim qoldiqlari topilgan.
Ma`lumot uchun, Ugandada har yili o`rtacha 30 kishi timsohlar qurboniga aylanadi.





