AsosiyShou-biznes

Kris Payn “Oskar-2015” nominantlarini e`lon qiladi

Akterga “Eng yaxshi akter”, “Eng yaxshi aktrisa”, “Ikkinchi plandagi eng yaxshi akter”, “Ikkinchi plandagi eng yaxshi akterisa” va “Eng yaxshi film” yo`nalishlari bo`yicha nominantlarni e`lon qilish ishonib topshirildi, deya xabar qiladi segodnya.ua nashri.

15 yanvar kuni nufuzli mukofot nominantlari nomi aniq bo`ladi. Joriy yilda Los-Anjelesda bo`lib o`tadigan to`g`ridan to`g`ri efir chog`ida odatdagi 12 yo`nalish o`rniga 24 yo`nalishda mukofotga da`vogarlar nomi e`lon qilinadi.

Ro`yxat bilan Kris Payn, Alfonso Kuaron va Jey Jey Abramslar tanishtiradi. Shuningdek, ularga Amerika kinosan`ati akademiyasi prezidenti Sheril Bun Ayzeks ham qo`shiladi.

Mashhur rejisserlar birinchi bo`lib chiqadi. Ular  yordamida “To`liq metrajli eng yaxshi animasion film", "Eng yaxshi hujjatli film” hamda “Eng yaxshi qo`shiq”ni bilib olamiz.

Shundan so`ng estafeta “Yulduzli yo`l” filmi akteri Kris Paynga topshiriladi va u “Eng yaxshi akter”, “Eng yaxshi aktrisa”, “Ikkinchi plandagi eng yaxshi akter”, “Ikkinchi plandagi eng yaxshi akterisa” va “Eng yaxshi film” nominantlarini e`lon qiladi.

    Boshqa yangiliklar