O`zbekiston Respublikasi Prezidentining "Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan huquqni muhofaza qilish organlari, mudofaa va favqulodda vaziyatlar vazirliklari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to`g`risida" Farmoni e`lon qilindi. Bu haqda O`zA xabar qiladi.
Unga ko`ra davlatimizning mudofaa qudratini yanada yuksaltirish, milliy xavfsizlikni va davlat chegaralari daxlsizligini ta`minlash, yoshlarni milliy istiqlol g`oyasi va ona Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash ishiga qo`shayotgan katta hissasi, milliy manfaatlarimizni himoya qilish va tinchlikni ta`minlash, barqarorlik va jamoat tartibini mustahkamlash borasidagi xizmat burchini bajarish chog`ida mardlik, jasorat va fidoyilik ko`rsatgani uchun bir guruh harbiylar turli darajadagi davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.
Ular II darajali "Shon-sharaf", "Do`stlik", "Mardlik" ordenlari, "Jasorat", "Sodiq xizmatlari uchun", "Shuhrat" medallari bilan mukofotlanishdi.





