AsosiyShou-biznes

Shuhrat Qayumov shifoxonada... Nega?

O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist, xalqona ohanglar ijrochisi xonanda va oliy toifali suxandon Shuhrat Qayumov shifoxonada davolanmoqda. “Aslida bundan bir necha oy ilgari sog`ligidan shikoyat qilib yurgandi” deydi xonandaning ijodiy guruh vakillaridan biri. Salomatligining tez tiklanmasligi oqibatida o`tgan yilning o`rtalarida “Qirq mumtoz tarona” nomli mumtoz qo`shiqlardan tarkib topgan yangi musiqiy albomning yozib tugatilishi ham yakunlanmay qolgandi.

 2014 yilning dekabr oyida bo`lib o`tgan jonli ijrodagi konsert kunlari ham xonandaning salomatligidagi salbiy o`zgarishlar bir necha marta pand berdi. Konsertning so`nggi kunida ham bu vaziyat takrorlangandi va xonanda konsertni muddatidan ilgari tugatishiga bir bahya qolgandi. Ammo “Yiqilsam sahnada yiqilaman, ungacha konsertni to`xtatmayman” deya fidoyilik bilan konsert dasturini yakunlab olishga ulgurdi, garchi buni tomoshabinlar sezishmagan bo`lsa ham.

Xabaringiz bor 2013 yilda ham Shuhrat Qayumov og`ir xastalik tufayli Moskva shahrida uzoq muddatli davolanish kursini o`tab qaytgandi. Ammo hozirgi kunda xonandani qanday xastalik bezovta qilayotgani oshkor etilmayapti. Eng muhimi ayni damda san`atkorimizning ahvoli og`ir emas, yurtimizdagi shifomaskanlaridan birida davolanmoqda.

popcorn.uz

    Boshqa yangiliklar