AsosiyShou-biznes

Xonanda Rayhon turmush o`rtog`i bilan ajrashayotganini tasdiqladi

Xonanda Rayhon G`anieva aktyor Yigitali Mamajonov bilan ajrashayotgani tasdiqladi, deb xabar bermoqda daryo.uz.

«Ha. Bu haqiqat. Men ajralishga topshirdim. Hozir hayotimda og`ir damlar kechmoqda. Ammo hamma qiyinchiliklarni munosib tarzda o`tkazishga harakat qilyapman. Hammamiz bu dunyoda mehmonmiz xolos. Alloh menga kuch va sog`liq bersa bo`lgani va men ular uchun ham ona, ham ota bo`lish uchun qo`limdan kelganini qilaman», – dedi xonanda Rayhon.

Eslatib o`tamiz, xonanda Rayhon G`anieva va aktyor Yigitali Mamajonov 2012 yilning noyabrida turmush qurgan edi. 2014 yilning may oyida Rayhon egizak farzand dunyoga keltirgan, ularga Islom va Imron deb ismlari qo`yilgan edi.

 

    Boshqa yangiliklar