AsosiyShou-biznes

Kameron Diaz to`yida mehmonlar o`zlarini kulgidan tiya olishmadi

Gollivudlik mashhur aktrisa Kameron Diaz sevgilisi Benji Maddenga turmushga chiqdi. Tantanali to`y marosimi juftlik yashayotgan uyning hovlisida bo`lib o`tdi.  
MailOnline portali marosimning tafsilotlari haqida ma`lumotga muvaffaq bo`ldi. O`z turmush o`rtog`i uchun qadah ko`targan Diaz: “Uzoq vaqt erga tegmadim, chunki vazman, og`ir-bosiq bo`lishni istamagandim. Ammo hozir men dunyoning eng yaxshi yigitiga turmushga chiqyapman. U faqatgina meniki!” degan so`zlarni aytdi va mehmonlarga o`zining ajoyib tabassumini hadya qildi.  

Diazning turmush o`rtog`i esa o`zini kulgidan tuta olmay, voqealarga o`z izohini berdi: “Mendan faqatgina ikkita narsani so`rashdi: birinchisi marosimning musiqiy qismi bo`lsa, ikkinchisi to`y torti!”.

Kelin-kuyovlarning nikoh uzugini kuyovning jiyanlari egizaklar Benji Joela va Nikol Richilar olib kelishdi. MailOnline ma`lumotiga ko`ra, bola uzukni tushurib yuborgan.

    Boshqa yangiliklar