Qoraqalpoq zaminidan azaldan betaktor iste`dodlar vatani bo`lib kelgan. O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Jenisbek Piyazov ham ana shunday iqtidorli yoshlardan biri. Jenisbek bilan suhbatimiz konsert berish Qozog`istonning Ostona shahriga jo`nab ketayotgan paytiga to`g`ri keldi...
- Odatda opera xonandalari xiyla gavdali bo`lishardi.
- To`g`ri, ancha ozg`inman (kuladi). Lekin sizning fikringizga qo`shilolmayman. Ovoz bilan insonning vazni o`rtasida biror bog`liqlik bor deb o`ylamayman...
- Operaning ixlosmandlari estrada yo boshqa yo`nalishlarning muxlislariga nisbatan kamchilikni tashkil etadi.
- Inson o`zi xohlagan, o`zi to`g`ri deb bilgan yo`ldan borishi kerak. Shaxsan men estrada yo`nalishida ham, hatto rep, rok yo`nalishlarida ham kuylab ko`rdim. Lekin o`zimni operada topdim. Ustozlarim ham shu yo`lni maslahat berishdi...
-Siz o`zingizga ko`zlagan cho`qqini zabt eta oldingizmi yo hali oldinda bundan ham katta rejalar bormi?
-Oyni ko`zlasang cho`qqiga chiqasan, deyishadi. Avval, shu qadar yuksak mukofotlarga loyiq ko`rilganim uchun muhtaram Yurtboshimizdan minnatdorman. Bu ishonchni oqlash uchun, yurtimiz shon-sharafini yanada yuksaklarga ko`tarishim uchun hali ko`p izlanishim lozim. Jahonda mashhur “Metropoliten”, "La Skala” opera teatrlarida konsert berish niyatim bor.
Suhbatning to`liq matnini “Darakchi” gazetasining 3-sonida o`qishingiz mumkin!





