AsosiyJamiyat

Bugun soat 18:00 da yangi "Mahalla" telekanali o`z efirini boshlaydi

2014 yil 17 dekabr kuni O`zbekiston Prezidentining “Mahalla” ma`rifiy teleradiokanalini tuzish va raqamli teleuzatuvlarni yanada kengaytirish choralari to`g`risida”gi qarori e`lon qilingan edi, deya yozadi uz24.uz nashri.

Mazkur qaror asosida 2015 yil 7 yanvar kuni soat 18.00 da O`zbekiston milliy teleradiokompaniyasi tizimida yangi “Mahalla” ma`rifiy teleradiokanalining ko`rsatuv va eshittirishlarini efirga uzatish boshlanadi.

O`zMTRK sayti xabariga ko`ra, mazkur teleradiokanal dasturlarining aynan 7 yanvar kunidan boshlab efirga uzatilishining ramziy ma`nosi bor. Sababi, 1992 yil 7 yanvar kuni “O`zbekiston Respublikasi televidenie va radioeshittirish Davlat Komitetini O`zbekiston Respublikasi teleradioeshittirish kompaniyasiga aylantirish to`g`risida” Farmon e`lon qilingan.

Shuningdek, raqamli teleko`rsatuvlarga texnik va texnologik jihatdan o`tish bo`yicha Davlat dasturini amalga oshirish doirasida so`ngi yillarda O`zbekiston milliy teleradiokompaniyasi tarkibida «Madaniyat va ma`rifat», «Dunyo bo`ylab», «Kinoteatr», «Navo», «Diyor», «Oilaviy», «Bolajon» kabi yangi raqamli telekanallar faoliyati yo`lga qo`yildi. Endilikda ular safiga «Mahalla» ma`rifiy teleradiokanali ham qo`shildi.

    Boshqa yangiliklar