AsosiyJamiyat

O`zbekistonda "Umra-2015" ning dastlabki ziyorati 9 fevraldan boshlanadi

Saudiya Arabistoni Podshohligining “al-Hidoya” xalqaro shirkati vakillaridan iborat delegasiya O`zbekiston musulmonlari idorasiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida “al-Hidoya” xalqaro shirkati mutasaddilari Din ishlari bo`yicha qo`mita va O`zbekiston musulmonlari idorasi rahbariyati bilan uchrashuv o`tkazdi. Yig`ilishda 2015 yil Bahor va Ramazon mavsumlarida Makka va Madina shaharlarida o`zbekistonlik umra ziyoratchilariga xizmat ko`rsatish bo`yicha shartnoma imzolandi. Bu haqda O`zbekiston Din ishlari bo`yicha qo`mitaning rasmiy sayti xabar beradi.

Unga ko`ra “Umra-2015” mavsumida o`zbekistonlik ziyoratchilarning soni va Saudiya Arabistonida ziyoratchilarga namunali xizmat ko`rsatish alohida belgilab qo`yildi. Shartnomaga muvofiq, ziyoratchilarimiz Madina shahrida “Ajniha at-Toyyiba” va Makka shahrida “Nama Mavadda” mehmonxonalarida istiqomat qiladilar.

“Umra-2015” Bahor mavsumining dastlabki ziyorati 2015 yilning 9 fevralidan boshlanishi ta`kidlandi.

    Boshqa yangiliklar