6 yanvar kuni britaniyalik ajoyib akter Rouen Atkinson 60 yoshga to`ldi. Rouen 1955 yili Angliyaning Konsett shahrida dunyoga kelgan. Atkinsonning butun dunyoga mashhurlik vaqti 1990 yillarga to`g`ri keladi. U bunga kulguli janob Bin roli orqali erishdi.
O`z karerasi davomida Rouen boshqa rollarni ham ijro etgan va hattoki u o`zining komik personaji bilan xayrlashishga ham urinib ko`rgan. Bundan maqsad dramatik rollarni o`ynash bo`lgan, biroq uning ijodining muxlislari uni doim janob Bin qiyofasida ko`rardi.





