AsosiyJamiyat

O`zbekistonda 5−7 yanvar kunlari bahor faslining ob-havosi kutilmoqda

O`zbekistonda 5−7 yanvar kunlari havo harorati +15 daraja issiqqacha ko`tarilishi kutilmoqda. Bu haqda «Uz24.uz» xabar berdi.

Bu kunlarda Toshkentda havo harorati o`rtacha +11 dan +13 darajagacha issiq bo`lishi kutilmoqda. 7 yanvar kuni esa +15 daraja issiq bo`lishi mumkin. Tunda ham havo sovumay, +2 dan +4 darajagacha saqlanib qoladi.

Kunduzgi harorat Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida + 17 darajagacha, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida esa +18 darajagacha ko`tarilishi mumkin. O`zbekistonning shimoliy hududlarida havo kunduzi +13 darajagacha issiq bo`lishi kutilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar