Chet el ommaviy axborot vositalarining xabar berishlaricha Gollivud yulduzi Alek Bolduin va uning rafiqasi Xilari Bolduinlar ikkinchi farzandlarini kutishmoqda ekan.
Ma`lumotlarga ko`ra bu safar ular o`g`il farzand. Bu haqda Xilari Bolduin ham o`zining Instagram’dagi sahifasida ma`lum qilgan va so`zlarining isboti sifatida oilaviy oyoq kiyimlarining ramziy suratini joylashtirgan.
Eslatib o`tamiz, ular 2012 yilning 30 iyunida turmush qurishgan. 2013 yilning avgust oyida ularning ilk farzandlari Karmen Gabriela dunyoga kelgan.





