AsosiyJamiyat

Shu yilning 13-14 yanvar kunlari O`zbekistonda Senat a`zolari saylanadi

Oliy Majlis Senatiga saylov Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining tegishli qo`shma majlislarida mazkur deputatlar orasidan yashirin ovoz berish yo`li bilan o`tkaziladi, deya xabar bermoqda uz24.uz. 

O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a`zolarining saylovi bo`yicha Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining tegishli qo`shma majlislari 2015 yil 13-14 yanvar kunlari o`tkaziladi.

“O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to`g`risida”gi Qonunning  50-moddasiga ko`ra, Senat a`zolari Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan teng miqdorda – 6 kishidan saylanadi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasining matbuot xizmati xabar beradi.

    Boshqa yangiliklar