AsosiyJamiyat

2014 yilda O`zbekistonda yo`l qurilishi va ta`mirlanishiga 900 milliard so`mdan ortiq mablag` sarflandi

O`zbek milliy avtomagistrali tarkibiga kirgan 534 km uzunlikdagi umumiy foydalanish avtomobil yo`lida qurilish va ta`mirlash ishlari o`tkazilgan bo`lsa, 299,1 km yo`l kapital ta`mirlandi, deya xabar beradi uz24.uz

“Samarqand-Qarshi” yo`nalishida  79 km uzunlikdagi avtomobil yo`lida to`rt polosali asfalt-beton qoplamalarni yotqizish ishlari yakuniga etkazildi. Bugungi kunga qadar Jizzax viloyatida 38 km, Sirdaryo viloyatida – 11, Buxoro viloyatida esa 10 km yo`llar qaytadan qurildi.

Shuningdek, poytaxtdagi kichik halqa yo`lining Olmazor va Shayxontohur tumanlari hududidan o`tgan qismida Beruniy va Xurshid ko`chalarini bog`laydigan 5,1 km uzunlikdagi yangi yo`l qurildi. U endilikda Forobiy, Qorasaroy, Sag`bon, Sebzor va Labzak ko`chalarini o`zaro tutashtiradi.

Qishloq hududlaridagi namunali uy-joylarga, shuningdek, ijtimoiy-maishiy va bozor infratuzilmasi ob`ektlariga olib boruvchi 800 km.dan ortiq asfalt yo`llar qurildi.

Bulardan tashqari, Samarqand, Buxoro, Xiva kabi sayyohlik shaharlariga borishda qo`shimcha qulaylik yaratish maqsadida o`nlab ko`chalar to`liq rekonstruksiya qilindi.

“O`zavtoyo`l” DAK xabariga ko`ra, mazkur loyihalarni amalga oshirish uchun o`tgan yilda Respublika yo`l jamg`armasining 900 milliard so`mdan ortiq mablag`lari sarflangan.

    Boshqa yangiliklar