O`zbekiston terma jamoasi Avstraliyaga Dubay aeroportidan uchdi. 14 soat parvozdan keyin jamoa Osiyo Kubogi doirasidagi birinchi o`yini o`tkaziladigan Sidney shahriga etib bordi.
Futbolchilarimizni mahalliy futbol muxlislari, shuningdek, Avstraliyadagi o`zbekistonlik futbol ishqibozolari kutib olishgan. Terma jamoamiz a`zolari Sidneydagi mashhur Opera Uyiga yaqin joylashgan "Shangri-La" mehmonxonasiga joylashdi.
Bu haqida O`zbekiston futbol federasiyasi rasmiy tvitteri xabar qilmoqda.

Foto manbasi: https://twitter.com/UzbekistanFF
-
Manba: www.uff.uz





