Facebook’dagi «Voditeli Tashkenta» guruhi a`zolari Toshkentda Yangi yil arafasida sodir bo`lgan qator yo`l-transport hodisalarining fotosuratlarini tamoqqa chiqardi, deya yozmoqda daryo.uz.
Jumladan, yuqoridagi suratda Matiz rusumli avtomobil yo`ldan chiqib avtobus bekati ichiga kirib qolgan. Sirg`ali tumani hududida sodir bo`lgani aytilgan avariya oqibatida mashinaning old qismiga jiddiy zarar etgani ko`rinib turadi.
Ushbu suratlarda esa yo`l chetidagi ariqlarga kirib qolgan avtomobillar aks etgan. Guruh foydalanuvchilari ushbu holatlar 31 dekabr kuni sodir bo`lganini qayd etgan. Yo`l-transport hodisalarining birortasida qurbonlar bor yoki yo`qligi haqida ma`lumot berilmagan.








