29 dekabrdan boshlangan shodiyonalarga Toshkent shahridagi Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari, kam ta`minlangan, serfarzand oilalarning o`g`il-qizlari taklif etildi.
Ushbu bayramni ko`tarinki ruhda, yuksak saviyada o`tkazishda O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi, «Sen yolg'iz emassan» respublika jamoatchilik bolalar jamg`armasi tomonidan qizg`in tayyorgarlik ko`rildi.
“Turkiston” saroyining faesidagi archa atrofida Qorboboyu Qorqiz, ayiqchayu tulkicha, Zumrad va Qimmat, Nasriddin Afandi kabi sevimli qahramonlar chiqishi, estrada ijrochilari va sirk ustalari ishtirokidagi musiqiy dastur, rang-barang raqslar namoyish etildi.
Archa atrofidagi tomoshalardan so`ng bolalar zalga taklif etildi. Ular uchun «Tomosha» bolalar studiyasi tomonidan tayyorlangan «Mo``jizalar kitobi» teatrlashtirilgan dasturi namoyish etildi.
Bolalarga Prezidentimizning Yangi yil sovg`alari topshirildi.
Bunday tadbirlar Qoraqalpog`iston Respublikasi va barcha viloyatlarda bo`lib o`tmoqda, deb yozadi O`zA.





