AsosiyJamiyat

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo`yicha saylov kampaniyasi boshlanishini e`lon qilish to`g`risida

O`zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining qarori
O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 117-moddasiga hamda «Davlat hokimiyati vakillik organlariga va O`zbekiston Respublikasi Prezidentining navbatdagi saylovi to`g`risida»gi O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy qonunining 2-moddasiga va “O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi qonunining 8-moddasiga muvofiq O`zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi
qaror qiladi:

1. 2015 yil 29 mart kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kuni deb belgilansin.
2. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo`yicha saylov kampaniyasi 2014 yilning 26 dekabridan boshlanishi e`lon qilinsin.
3. Saylovga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish bo`yicha tadbirlarning tartibi, bosqichlari va muddatlari haqidagi axborotni saylovchilar, siyosiy partiyalarga belgilangan tartibda «O`zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining Axborotnomasi» va boshqa ommaviy axborot vositalarida e`lon qilish yo`li bilan etkazish ta`minlansin.
4. Mazkur qaror ommaviy axborot vositalarida e`lon qilinsin.
Markaziy saylov komissiyasi Raisi M.Abdusalomov
Toshkent shahri, 2014 yil 26 dekabr

    Boshqa yangiliklar