Ayrim davlatlarda o`rmon daraxtlarini kesib, yo`l solishadi. Boshqa bir davlatda esa tunnel qurishadi! 2000 yil 28 noyabrda Norvegiyada sayyoramizdagi eng uzun transport avtomobil tunnelining qurilishi tugallangandi. Ana shu munosabat bilan 10 ta eng chiroyli va g`ayrioddiy transport tunnellarini sanashga qaror qildik.
1. “Laerdal” tunneli — sun`iy tongotardagi g`ayrioddiy tunnel

Dunyodagi eng uzun avtomobillar yuradigan tunnel hisoblanadi. “Laerdal” tunneli Norvegiya poytaxtini boshqa qirg`oqda joylashgan Bergen shahri bilan bog`laydi. Uzunligi — 24,51 km. Yopiq joyda uzoq yurish haydovchilarning diqqatini susaytirmasligi uchun tunnel to`rtta qismga bo`linib, sun`iy tongotar sifatida yoritiladigan tizim bilan jihozlangan. Havoni tozalash uchun g`or devorlariga ventilyatorlar o`rnatilgan. Kuzatuv kameralari er osti yo`li xodimlariga “kiruvchi” va “chiquvchilar”ni kuzatib, tezkorlik bilan avariya oqibatlarini bartaraf etishga imkon beradi.

“Laerdal” tunneli — Evropaning E16 magistrali, Oslo va Bergen o`rtasidagi asosiy yo`lning ikkita polosasidir. Tunnel qurilishi 1995 yilda boshlangan, 2000 yilda ochilgan. Bu qurilishga 1082 million Norvegiya kronasi sarflangan. Tunnel Bergendan taxminan 175-200 km shimoli-sharqda joylashgan.
2. Birmingemdagi g`ayriodddiy kamalak-tunnel

Amerikalik rassom Bill Fitsgibbon muzey va galereyalar emas, shahar ko`chalari uchun ijod qilishni ma`qul ko`radi. Masalan, Bill urbanistik kamalak yaratgan. Burning uchun Birmingemning 18-ko`chasidagi tunnelni uning o`zi 250 ta diodli fonus bilan bezagan.

3. Xatolarni kechirmaydigan yo`l

Guolyan tunneli (“Guoliang Tunnel Road) Xitoyda joylashgan. U Xenanning Tayxanshan tog`laridagi qishloq nomi bilan atalgan. 350 yil davomida ajralib qolgan bu hudud aholisi hukumatdan boshqa hududlar bilan birlashtiruvchi yo`l qurib berishni so`radi. Biroq 1972 yilda qishloq odamlarining o`zi yo`l qurishga qaror qilishdi. Besh yildan so`ng qazilgan yo`l avtomobillar yurishi uchun ochildi. Bu yo`l xavfsiz emasdi, hatto qurilish ishlarida ham mahalliy aholining bir necha vakili halok bo`ldi. Butun yo`lda uzunasiga (1,2 kmga yaqin) qoyalar bilan himoyalangan yo`llar bilan birga ochiq joylar ham bor. Kengligi 3,6 metr bu er osti yo`lini “xatolarni kechirmaydigan yo`l” deyishadi.

4. Brisbendagi ekzotik o`simlik tunnel

Tosh changalzorli g`ayrioddiy tunnel Brisben (Avstraliya)da avtoishqibozlarni kutmoqda. Ekzotik daraxt shoxi ko`rinishida qurilgan tunnel kechasi yo`lni yoritadi, kunduzi esa qizdiruvchi quyoshdan himoya qiladi.

5. Ajabtovur daraxt-tunnel

“Tree Tunnel” — “Sequoia National Park” (AQSh) tashrif buyuruvchilarning yo`li o`tadigan ikkita g`ayrioddiy daraxt-tunnellardan biri.

6. G`aroyib “naqshinkor” tunnel

Iyul oyining boshida Sidney (Avstraliya)da har yili “Vivid Sydney” festivali o`tkaziladi. Katta shahar tunnellari, shaharning boshqa yirik ob`ektlari singari har yili yozda haqiqiy chiroqlar saltanatiga aylanadi. Proeksiya-tasvirlarni bo`yoq bilan chizilgan rasmlardan ajratish qiyin.

7. Germaniyadagi g`ayrioddiy tabiiy tunnel

Bonndagi g`ayrioddiy tunnel iliq mavsumga mo`ljallangan. Har yili bahorda zich devor shaklida ekilgan olcha daraxtlari gullay boshlaganda, shaharning markaziy ko`chalaridan birida tabiiy soyabon paydo bo`ladi. Afsuski, bu go`zallik atigi 7-10 kun davom etadi.

8. Shanxay metrosidagi galereya-tunnel

Shanxay metrosi rahbariyati er osti tunnellarini to`laqonli art-galereyaga aylantirishga qaror qilgan. Yo`lovchilar chiroqlar effektidan zavqlanib, sokin musiqani tinglashlari mumkin. Er osti yo`lida tarixiy, ilmiy va madaniya mavzudagi slayd-shoular ko`rsatiladi. Ammo ekskurslar orasidagi tanaffus paytida ham tomoshabinlar zerikarli devorlarni ko`rishmaydi: loyiha muallifining “reklama tanaffuslari”ni butun dunyo go`zalliklari tasvirlangan suratlar to`ldiradi.

9. Evropadagi eng yirik “Frejus Rail Tunne” tunneli

Evropaning eng yirik tunnellar majmuasi, Alplar orqali o`tib, Italiya-Fransiya yo`nalishidagi avtomobil va temir yo`llarini tutashtiradi. Tunnelning eng qadimiy qismi — “Turin-Modan” temir yo`l tarmog`i 1871 yilda ish boshlagan. Shundan beri “Frejus Rail Tunnel” ko`p marta kengaytirilib, yangi seksiyalar bilan to`ldirilgan.

10. Illinoys texnologiya universitetining kampusi ustidagi g`ayrioddiy temir yo`l tunneli

Illinoys texnologiya universitetining kampusi ustidagi g`ayrioddiy temir yo`l tunneli o`tayotgan sostavlarning shovqinini kamaytirishga mo`ljallangan. 160 metrli “quvur” binoni harakatlanayotgan poezdlarning zirillashidan himoyalaydi ham.






