AsosiyJamiyat

Filipp Kirkorovning Toshkent aeroportidagi sarguzashtlari

Rossiya xalq artisti Filipp Kirkorov hamda taniqli xonanda Stas Mixaylov Toshkentdagi konsert chiqishlaridan so`ng yomon ob-havo sharoiti tufayli Moskvaga ucha olmadi.
«Oldin bizga shaharda tuman ekani va hozircha uchib keta olmasligimizni ma`lum qilishdi. Men, birinchi navbatda, Reutov shahrida meni kutayotgan tomoshabinlardan uzr so`rashni istardim. Bu erda fors-major holati yuzaga keldi», – dedi Stas Mixaylov jurnalistlarga.
Biroq kutish zalida o`tkazilgan tundan so`ng Kirkorov va Mixaylovga parvoz yana 12 soatga qoldirilganini ma`lum qilishdi. Uchib kelgan uchuvchi shturval oldida uzoq o`tirgani bois samolyotni boshqa boshqara olmasligi va u qonun bo`yicha 12 soat dam olish huquqiga ega ekanligi ma`lum bo`ldi, deya xabar beradi “uz24” nashri. 

    Boshqa yangiliklar