AsosiyShou-biznes

40 daqiqada million dollar: Jennifer Lopes Makaoda konsert berdi

Jennifer Lopes shusiz ham etarlicha mablag` topmoqda, biroq buning chegarasi yo`q shekilli. Daily Mail nashrining xabar berishicha, Makaoda 40 daqiqalik shaxsiy konsert berdi va bir yarim million dollar ishlab oldi.  

Noyabrda Jennifer Lopes Grand Hyatt Macau kazinosining etti xo`jayiniga eng mashhur qo`shiqlarini kuylab bergandi.

Jey Loning xizmat safar hamda parvozi uchungina bir necha yuz ming dollar to`langan edi. Shuningdek, Makaoda uning guruhi eng qimmat mehmonxonaning 20 nomerini bron qilgandi. Jenniferning o`zi VIP-lojda uch kun qolgan, - deya xabar bermoqda manba.

Jennifer Lopesning so`zlariga ko`ra, u bunday konsertni ilk marta berayotgani yo`q. 2011 yili Marokkoda kuylagan bo`lsa, 2013 yili Turkmaniston Prezidenti sharafiga qo`shiq aytgan.

    Boshqa yangiliklar