“To’maris-nur” xususiy korxonasiga qarashli ushbu yirik savdo majmuasi zamonaviy dizayn va ko`rinishda barpo etilgan, deya xabar beradi uz24.uz.
Gipermarket 4 qavatdan iborat bo`lib, har bir qavatida xaridor va mijozlar uchun qulayliklar yaratilgan. Kino zallari, bolalar o`yin maydonchasi shular jumlasidandir.
.jpg)
Gipermarketning ishga tushirilishi bilan 150 ga yaqin Urganch aholisi doimiy ish o`rniga ega bo`ldi. Ularning 60 foizi kasb-hunar kollejini bitirgan yoshlardir.

Gipermarketda qandolatchilik, non mahsulotlari va tikuvchilik sexlari ham ish boshladi, deb yozadi O`zA.





