AsosiyDunyo

YaNGI YILNING G`AROYIB REKORDLARI

Bir yilda mavjud 365 kun deyarli har kuni biror bir g`aroyib xodisa yuz beradi. Ammo ular ichida aynan yangi yil arafasida amalga oshiriladigan g`aroyibotlar alohida ahamiyatga ega. Chunki yilning boshqa kunlarida kuniga bitta antiqa xodisa yuz bersa, rekord o`rnatilsa, aynan yangi yil kunlari bir necha o`ndan ortiq g`aroyibotlarning guvohi bo`lishimiz mumkin bo`ladi. Keling, bugungi sahifamizda aynan shunday rekordlar bilan birma-bir tanishib chiqsak.

ENG KO`P YaNGI YIL ChIROQLARI O`RNATILGAN UY

Avstraliyalik er-xotinlar Devid hamda Djanean Richardsarning uyi Ginnesning rekordlari kitobidan o`rin oldi. Chunki aynan yangi yil arafasi ular birgalikda 33 1038 dona chiroqchalar bilan o`z uylarining turli joylarini bezab chiqishgan. Ularni birvarakayiga yoqqanda esa juda go`zal ko`rinish xosil bo`ladi.

ENG QIMMAT YaNGI YIL ARChASI

Xitoyning Tsunamachi Misui Club deb nomlanmish klubida Piaget Japan kompaniyasi tomonidan o`rnatilgan archa dunyodagi eng qimmat archalardan biri deb tan olingan. Ushbu archa 83 dona zargarlik buyumlari bilan bezatilgan bo`lib, ularning umumiy narxi 1357785000 yapon yenini, ya`ni 10,4 million evro yoki 16 million AQSh dollarini  tashkil etadi. 

ENG KATTA SUVDA SUZUVChI ARChA

Braziliyaning Rio de Jeneyro shahrida suvda suzib yurish uchun mo`ljallangan katta taxta ustiga o`rnatilgan 85 metrlik archa suvda suzish uchun mo`ljallangan eng baland archadir. Ushbu archa Bradesco Seguros e Previdência kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan va o`rnatilgan.

ENG KATTA YaNGI YIL YuLDUZI

Hindistonning Apple A Day Properties kompaniyasi tomonidan yaratilgan ushbu yulduzning balandligi 31,59 metr bo`lib u 2009 yilning 31 dekabrida o`rnatilgan.

ENG KATTA SOVG`ALAR QOPI

Buyuk Britaniyaning London shahrining bolalar xuquqlarini himoya qiluvchi jamiyati bo`lmish Children’s Society tomonidan yaratilgan yangi yilda sovg`alar uchun mo`ljallangan sovg`alar qopining uzunligi 32,56 metrni, qalinligi esa 14,97 metrni tashkil etadi.

ENG KATTA “SANTA-KLAUS”

Singapurning Tanglin Mall supermarketi kiraverishida joylashtirilgan Santa Klaus dunyodagi eng katta Santa Klaus deb tan olingan. Uning bo`yi 15,6 metr, eni 11 metrni, qalinligi esa 4 metrni tashkil etadi. Og`irligi qariyb 2,5 tonnani tashkil etuvchi ushbu gigant Santa Klaus metall hamda pinoplastdan yaratilgan.

ENG KATTA YaNGI YIL KALENDARI

Buyuk Britaniyaning London shahri, Sant-Pankras vokzalida o`rnatilgan kalendar dunyodagi eng yirik kalendar sifatida Ginnesning rekordoari kitobidan joy olgan. Uning balandligi 71 metr, eni esa 23 metrni tashkil etadi.

QORBOBOLAR KOLLEKSIYaSI

Kanadalik Jan-Gay Laker yig`gan qorbobolarning soni jihatidan dunyodagi suvenir qorbobolar jamlangan eng katta kolleksiyaning egasi sanaladi. Xozirda uning kolleksiyasida 25 104 ta qorboboning surati tushirilgan turli jihozlari, 2 360 xaykalchalar, 2 846 dona qorbobo aks etgan yangi yil tabriknomalari, 33 davlatning kartochkalari, 1 312 dona salfetka hamda 241 dekorativ taqimlar (znachok) mavjud. U ham eng katta kolleksioner sifatida Ginnesning rekordlari kitobiga kirgan.

DUNYoDAGI ENG “KEKSA” ARChA

Buyuk Britaniyaning Chippenxema nomli shahrida yashovchi Djanet Parker har yili bitta archani bezatadi. Ushbu archa Djanetning buvisining onasidan yodgorlik bo`lib, u 1988 yilda xarid qilingan va ilk bor archa o`yinchoqlari bilan bezatilgan.

YaNGI YIL HAQIDAGI ENG KASSABOP FILM

Yangi yil mavzusida olingan filmlar ichida “Grinch yangi yilni qanday o`g`irladi” (2000) filmi eng kassabop film sifatida mashxur. Ushbu filmning byudjeti 123 million AQSh dollari deb baholangan, sof foyda esa 340 million AQSh dollarini tashkil etgan.

2 DAQIQADA 27 TA ARChA

Ginnesning rekordlari kitobi hodimlari tomonidan o`tkazilgan eng chaqqon archa kesuvchi tanlovida Amerikalik Erin Lavua birinchi o`rinni olib ushbu kiotbga kiritilgan. Sababi u bor yo`g`i 2 daqiqada 27 ta archani kesishga muvaffaq bo`lgan.

7 514 NAFAR QORBOBO BIR JOYDA

AQShningJanubiy Karolina shtatidagi katta maydonlarning biriga aynin yangi yil kuni 7 514 nafar qorbobolarning yig`ilishi katta shov-shuvlarga sabab bo`lgan va ular Ginnesning rekordlari kitobidan joy olishgan.

Umida Yakubova tayyorladi

    Boshqa yangiliklar