Sony Pictures Entertainment kompaniyasi vakillari bergan ma`lumotga ko`ra, shov-shuvlarga sabab bo`lgan “Intervyu” (The Interview) filmi AQShdagi 200 ta mustaqil kinoteatrlarda namoyish etiladi.
Noyabr oyining oxirlarida xakerlar Sony Pictures kompaniyasiga hujum uyushtirishgan bo`lib, agar film namoyish etiladigan bo`lsa, terakt uyushtirishlarini ma`lum qilishgandi. AQSh hukumati ushbu hujumda KXDRni ayblagandi. Rasmiy Pxenyan esa buni rad qilmoqda.
Shu o`rinda aytish kerakki, mamlakat aholisi film g`oyasini ahmoqona ekanligini ta`kidlab, yangi yil bayrami kunlarida uni ko`rishga bormasligini Facebook orqali ma`lum qilmoqda.





