Surxondaryo viloyatida istiqomat qiluvchi ayol, jiyanining iltimosiga ko`ra, “Odnoklassniki” ijtimoiy tarmog`ida soxta akkauntlar ochgani uchun tegishli jazo oldi, kun.uz xabar bermoqda. Bu haqda “Qalqon” jurnali 2014 yil noyabr sonida ma`lumot berilgan.
Ma`lum bo`lishicha, Surxondaryo viloyatida istiqomat qiluvchi bir yigit onasi ko`rsatgan qizga emas, o`z sevgan qiziga uylanishini bildirganida, hamma unga qarshi chiqqan, shundan so`ng yigit uydan bosh olib chiqib ketgan, sevgan qizi ham unga ergashgan.
Yigit nisbatan uzoq vaqt davomida uyiga kelmagan, ota-onasidan xabar olmagan, sevgan qizi bilan birga yashay boshlagan. Bu vaqt davomida onasi, shuningdek, “uning qiynalayotganini ko`rgan o`g`il-jiyani va qiz jiyani ham yigitni to`g`ri yo`lga solishga harakat qilishadi.
Shunda, yigitning sevgan qizi, yigitning qarindoshlari hadeb bezovta qilavergani uchun “o`ch olish maqsadida”, “internetdan foydalanishga usta ammasi”ga qo`ng`iroq qilib, yigit onasining o`g`il va qiz jiyanlari haqida ma`lumot berib, ularni yomonotliq qilishda yordam so`raydi.
O`z navbatida, qizning ammasi yigit onasining qiz jiyani va o`g`il jiyani nomidan “Odnoklassniki”da soxta akkauntlar ochib, ularning shaxsiga dog` tushiradigan gaplarni statuslarga yozgan va behayo suratlarni ham yuklab qo`ygan.
Bir kuni qiz-jiyanga noma`lum bir yigit qo`ng`iroq qilib, tanishishni so`raganidan so`ng qiz-jiyan, o`g`il-jiyan va uning onasi “Odnoklassniki”da ular nomidan soxta va tuhmatli akkauntlar ochilganidan boxabar bo`lishgan. Shundan so`ng ushbu holat yuzasidan milisiyaga murojaat qilingan.
“[Surxondaryolik ayol] ijtimoiy foydali mehnat bilan shug`ullanmay, birovga tuhmat qilib, o`zgalarning sha`nini bulg`ovchi, uydirmalar tarqatish jinoyatini sodir etganlikda ayblandi. Natijada u tegishli jazo oldi”, – deydi Termiz shahar IIB tergov bo`limi boshlig`i, kapitan T. Babaev.





