Ayni kunlarda barcha yangi yil bayramiga o`ziga xos tayyorgarlik ko`rmoqda. San`atkorlar ham bu jarayonda chet qolishgani yo`q.
"Bojalar" guruhi solisti Jahongir Poziljonov va uning bir necha do`stlari ayni vaqtda keksalik gashtini surishmoqda... Bu gap barchani hayron qoldirishi tabiiy. Biroq suratlar ana shunday xulosa qilishni taqozo etmoqda.
San`atkorlarning noodatiy ko`rinishda bo`lib, ko`pchilikning qiziqishiga sabab bo`ldi. Xattoki, ijtimoiy tarmoqlarda ham muxlislar turlicha fikrlarni bildirishdi.
Jahongir Poziljonov, Javlon Shodmonov, Otabek Mirzoxolov, Shukrullo Isroilov, Jumadilla Rametov, Shohruhxon va "Ummon" guruhi yigitlarining bu ko`rinishi sizni ham hayron qoldirayotgan bo`lsa, ajab emas.
Gap shundaki, bu suratga olish jarayonidan olingan fotosuratlardir. Jahongir Poziljonov "Jamshid" deya nomlangan yangi tarona tayyorladi va kuni kecha mazkur qo`shiq uchun videoklip ham tasvirga olindi.
Ana shu klipda yigitlarning ko`rinishi taxminan 50 yoshlarga katta qilib ko`rsatish maqsadida grim ustalari o`zlarining mohir ekanliklarini isbotlashdi.
Jonrid Sagdiev tomonidan tasvirga olingan klip tez kunlarda tayyor bo`lishi kutilmoqda.






