AsosiyJamiyat

Tojikistonlik fuqaro O`zbekiston chegarasi hududida yaralandi

2014 yil 16 dekabr kuni Sirdaryo viloyati Xovos tumani Chambil qishlog`ida chegarachilar tomonidan davlat chegarasidan 200 m ichkarilikda ikki nafar begona odamlarning yurgani sezib qolingan, deya xabar bermoqda 12news.uz.

Chegarachilar tomonidan begona shaxslar to`xtatilgan paytda ular qochishga va berkinishga urinishgan. Ularni to`xtatish maqsadida dastlab yuqoriga ogohlantiruvchi o`q otilgan. Ogohlantirishlarga qaramasdan qochishda davom etgan noma`lum shaxslarga nisbatan yana o`q otilgan. Natijada, qonunbuzarlarning bir nafari – Tojikiston Respublikasi So`g`d viloyati Zafarobod tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro Shokir Xoliqov yaralangan. Birinchi tez tibbiy yordam ko`rsatilishi va kasalxonaga keltirilishi natijasida hozirda uning ahvoli qoniqarli ekanligi ma`lum qilinmoqda. Tezkor ko`rilgan choralar natijasida ikkinchi qonunbuzar ham qo`lga olingan.

Bu kabi holatlarning kelgusida yana sodir etilishini oldini olish maqsadida O`zbekiston chegarachilari tojikistonlik hamkasblarini muntazam ravishda chegara atrofida istiqomat qiluvchi fuqarolar o`rtasida tushuntirish-profilaktika ishlarini olib borishga chaqiradi.

    Boshqa yangiliklar