AsosiyJamiyat

Abdulaziz Komilov AQSh va Kanadaning Buxoro yahudiylari kongressi delegasiyasini qabul qildi

2014-yilning 18 dekabr kuni O`zbekiston Respublikasi tashqi ishlar Vaziri Abdulaziz Komilov yurtimizda bo`lib turgan prezident Boris Kandov boshchiligidagi AQSh va Kanadaning Buxoro yahudiylari kongressi delegasiyasini qabul qildi, deya xabar bermoqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.

Suhbat chog`ida madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlik yuzasidan fikr almashildi. Uchrashuvda, shuningdek, O`zbekiston-AQSh munosabatlari doirasida hamkorlikni yanada rivojlantirishdan ikki tomon ham manfaatdorligi tasdiqlandi.

AQSh va Kanadaning Buxoro yahudiylari kongressi a`zolari mamlakatimizga 21-dekabrda bo`lib o`tadigan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va xalq deputatlarining mahalliy Kengashlariga saylovda kuzatuvchilar sifatida kelganlar.

    Boshqa yangiliklar