Toshkent shahridagi uylardan birining sohiblari uyni qo`l mehnati orqali yaratilgan haykallar, naqshlar, tasviriy san`at namunalari bilan bezatib, o`ziga xos muzeyga aylantirgani ma`lum bo`ldi, deya xabar bermoqda daryo.uz.
Uy shiftidagi tasvir.
«Qo`shni mahallalardan biriga yo`lim tushganda, tasodifan noodatiy uyga ko`zim tushdi. Ochig`i, qancha vaqt hayratdan turib qolganimni bilmayman-u, biroq ushbu ertaknamo turar-joyga ilk bor duch kelgan har qanday inson ajablanmay o`tib keta olmasligini aniq bilaman. Sababi, turli hayvonlar hamda ertak qahramonlarining qo`l mehnati orqali bunyod etilgan haykallari, devorlardagi naqshlar, go`zal tasviriy san`at namunalaridan hayratlanmaslikning iloji ham yo`q, shunday emasmi?», − deb yozadi nashr muxbiri Dilshoda Avvalboeva.
Qiziqib o`sha erda o`ynayotgan bolalardan uy sohiblari haqida so`raganida, ulardan biri: «Bu uy Spartak amakiniki. Ko`rib turganlaringizning barchasini u o`z qo`li bilan yaratgan. Bizlarga ham turli o`yinchoqlar yasab, sovg`a qiladilar. Ichkarida bundan ham g`aroyib narsalarning guvohi bo`lishingiz mumkin», – degan.
Bolaning gaplarini eshitgach, uning qiziqishi yanada ortib, ichkari tomon oshiqqan hamda samimiy va xushchaqchaq oila a`zolari bilan tezda yaqindan tanishib olgan.
84 yoshli Spartak Konstantinskiy va uning oqko`ngil rafiqasi Taisiya xonim poytaxtimizda joylashgan mazkur uyda 60 yilga yaqin ahil hayot tarzini kechirib kelishayotganligiga havas qilsa arziydi. Mehnatsevar otaxonimiz moddiy etishmovchilik sababli atigi bir yarim yil tahsil olib, haydovchi sifatida faoliyat yuritgan. Eng ajablanarlisi, nafaqaga chiqqanidan so`ng, bunday noodatiy buyumlarni yasash sirlarini hech kimdan o`rganmay, faqat o`z tafakkuriga tayanib yaratgan ekan.
«U shunchaki hayot go`zalliklarini payqagan va ularni o`z ijod namunalarida tasvirlay olgan», – deydi qahramonimizning o`g`li Igor.
Uy hatto 60 yillar zilzilalarini ham «boshdan kechirgan», barcha qo`l mehnati mahsullari bundan 20 yil avval yaratilgan ekan. «Agar mazkur muzey tomonlarga yo`lingiz tushsa, albatta, kirib o`ting.
















