Hindistonning kosmik tadqiqot tashkiloti birinchi marta yangi raketa-tashuvchi (GSLV Mark-III) moslamani ishga tushirdi. U to`rt tonnagacha bo`lgan vazndagi sun`iy yo`ldoshlarni geostasionar orbitaga chiqazishi mumkin, deb xabar bermoqda TASS.
Tadqiqot Andhra Pradesh shtati yaqinidagi Shrixarikota orolida mahalliy vaqt bilan 09:31 (Toshkent vaqti bilan 5:0)da, muvaffaqiyatli o`tkazildi. Raketa Hindistonda ishlab chiqarilgan dvigatel bilan jihozlangan.





