Londonda bo`lib o`tgan “Dunyo go`zali” tanlovida Janubiy Afrika Respublikasi vakilasi Rolen Shtraus iz g`olib deb topildi, deya xabar bermoqda lenta.ru. Bu haqda tanlov jonli uzatib borilgan mukofotning rasmiy saytida e`lon qilindi.
Ikkinchi o`rinni Vengriyalik Edina Kulshar, uchinchi o`rinni esa AQShlik Elizabet Safrit egalladi.
22 yoshli Shtraus tibbiyot fakultetining to`rtinchi kursida tahsil oladi va shifokor bo`lishni orzu qiladi. Mukofot saytida berilgan anketa ma`lumotiga ko`ra u golf o`ynashni va kitob o`qishni yoqtiradi.












